Joriy yilning 8- aprel kuni davlatimiz rahbari poytaxtimizning Olmazor tumanida olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish jarayonida mahallalar aholisining turmush tarzini oshirish borasida bir qancha topshiriqlar bergan edi.

yangihayot_1

yangihayot_2

Prezidentimiz belgilab bergan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Toshkent shahrining Yangihayot tumanidagi mahallalarda muntazam ravishda  obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari, sport musobaqalari, turli madaniy-maʼrifiy uchrashuvlar, teatrlarga tashrif, yurtimizning diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar tashkil etib kelinmoqda.

 

yangihayot_4

yangihayot_5

Navbatdagi madaniy-maʼrifiy kecha Yangihayot tumanidagi “Yorqin hayot” MFYda  oʻtkazildi. Mazkur kecha Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan “Yorqin hayot” MFY bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

 

yangihayot_6

Tadbirda mahalla ahlining madaniy hordiq chiqarishi uchun sport musobaqalari tashkil etilib, sanʼatkorlar tomonidan turli kuy-qoʻshiqlar kuylandi.

yangihayot_7

yangihayot_8

Xususan, kamondan o'q otish, arqon tortish, stol tennisi, bandminton, shaxmat, shashka va boshqa sport musobaqalarida nafaqat yoshlar, balki kattalar ham faol ishtirok etishdi.

yangihayot_9

yangihayot_10

Kechgacha davom etgan tadbirda mahalla aholisi kuy-qo'shiqlarga raqsga tushib, madaniy hordiq chiqarishdi.

yangihayot_11

yangihayot_15

Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

yangihayot_16

yangihayot_17

Bu kabi ma’daniy-ma’rifiy tadbirlar Yangi Hayot tumanining boshqa mahallarida ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati