24/06/2022

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy boshqarmalari faoliyatini takomillashtirish, tizim xodimlari salohiyatini oshirish  borasida bir qator ishlar amalaga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning 23- iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati vakillaridan tarkib topgan ishchi guruh Andijon viloyati statistika boshqarmasi faoliyatini o’rgandi.

O’rganish davomida tizim xodimlari uchun ishchi guruh vakillari Z. Tolipova, V. To‘xtayev hamda F. Ro‘zimatovlar tomonidan seminar tashkil etildi. Seminarda boshqarma, tuman va shaharlardagi barcha mas’ul xodimlar ishtirok edi.

Tadbirda, “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi yangi qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati, amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

Xususan, yangi qonun xalqaro statistik hamjamiyat tomonidan tavsiya etilgan rasmiy statistikaning asosiy tamoyillariga mamlakatda to‘liq rioya qilish uchun zarur va ishonchli huquqiy asosni yaratib beradi.

Bir so‘z bilan aytganda, O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonuni milliy statistika tizimi faoliyatini tartibga solish barobarida,  rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash borasidagi islohotlarning natijadorligiga erishish, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik ma'lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va shak-shubhasiz mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, seminarda ish faoliyatini to’g’ri tashkil etish bo’yicha takliflar tinglandi. Xodimlar o’zlarining qiziqtirgan savollariga qo’mita markaziy apparati vakillari tomonidan atroflicha javob olishdi.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech