01/07/2022

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 11 noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, 2022 yil 1 iyuldan boshlab respublikamizning barcha tuman va shaharlarida Ro‘yxatga olish bo‘limlari ish boshladi.

Bu haqda bugun Davlat statistika qo‘mitasida tashkil etilgan yig‘ilishda e’lon qilinib, yangi tashkil etilgan Ro‘yxatga olish bo‘limlariga ishga jalb etilgan xodimlarga bo‘lim tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.  

Tadbirda barcha tuman va shaharlarida o‘z faoliyatini boshlagan Ro‘yxatga olish bo‘limlari xodimlari onlayn tarzda ishtirok etishdi.

Mazkur bo‘limlar respublikamizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olishga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etildi. Bo‘limlarning asosiy vazifasi tuman (shahar) aholisiga aholini ro‘yxatga olishning maqsadi va ahamiyatini tushuntirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish, kadastr organlari bilan birgalikda mahalla xaritalarini yangilash, ro‘yxatga olish jarayonlariga jalb etiladigan xodimlarni tanlash va ularni o‘qitish, ro‘yxatga olish jarayonlarini sifatli qilib tashkil etish va uni yuqori saviyada o‘tkazishdan iborat.

Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech