Joriy yilning 1- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasida  Milliy g‘ururimiz – Davlatimiz gerbi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda davlat gerbiga tasnif berilib,  uning ahamiyati haqida ma’ruza qilindi.

Xususan, Davlatimiz gerbi 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Shu sabab, 2-iyul – Oʻzbekiston fuqarolari uchun bayram sifatida qadrli va unutilmas kunlardan biriga aylangan.

Gerbimiz davlatimizning siyosiy, milliy, xoʻjalik, jugʻrofiy, etnik va boshqa oʻziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan. Shuningdek, gerbimizda Oʻzbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi tamoyillari oʻziga xos tarzda ifoda etilgan. “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonunga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi respublika davlat mustaqilligining ramzidir.

Tadbir ishtirokchilari davlat ramzi haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

 

Matbuot xizmati