2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra, Respublikamizning koʻchalari 562,7 ming dona yoritish uskunalari yordamida yoritiladi. Oʻtgan yilga nisbatan ularning soni 40,6 ming dona (7,8 %)ga koʻpaygan.

Respublika boʻyicha koʻcha yoritish uskunalarining qariyib 1/4 qismi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi (136,3 ming dona yoki jamiga nisbatan 24,2 %). Keyingi oʻrinlarni Fargʻona (50,8 ming dona yoki 9,0 %), Namangan (46,4 ming dona yoki 8,3 %) hamda Andijon (45,4 ming dona yoki 8,1 %) viloyatlari koʻrsatkichlari band etgan.

85a360a5b837ca301bdb7bf7c2b5ebf0