2022- yilning yanvar-iyun oylarida sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 29,2 % ni tashkil etdi.

Kuzatilayotgan davrda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushi 2021- yilning yanvar-iyun oylaridagi 15,3 % ga nisbatan 15,7 % gacha, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat ulushi esa 77,0 % ga oshdi (2021- yilning yanvar-iyun oylarida – 76,9 %).