05/08/2022

Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlik holati yuzasidan 2022-yilning 2- choragi yakuniy natijalari eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-iyundagi PQ-4751-sonli hamda Vazirlar mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi № 373-sonli qarorlarida yuklatilgan vazifalarga muvofiq, "Kiberxavfsizlik markazi" DUK, Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati yuzasidan 2022-yilning 2-choragi yakuniy natijalari boʻyicha reyting baholash oʻtkazildi.

Baholash "Kiberxavfsizlik markazi" DUKning axborot va kiberxavfsizlik monitoringi tizimidagi tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga asoslandi. Mazkur reytingda Davlat statistika qoʻmitasi axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati boʻyicha yuqori uchlikdan oʻrin oldi.

Quyida axborot va kiberxavfsizlikning taʼminlanganligi holati boʻyicha yuqori reytingli (top 10) tashkilotlar keltiriladi:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi - 97.3 ball
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki - 97 ball
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi - 95.2 ball
  4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi - 95.1 ball
  5. Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki - 95.1 ball
  6. Fargʻona viloyati xokimligi - 94.6 ball
  7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi - 92.6 ball
  8. Navoiy kon-metallurgiya kombinati - 92.3 ball
  9. Toshkent shahar xokimligi - 91.9 ball
  10. Namangan viloyati xokimligi - 91.7 ball



    Matbuot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech