O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish, o‘tkazish va natijalarini e’lon qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020- yil
11- noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, joriy yilning avgust oyida uy-joylar ro‘yxatini tuzish ishlarini amalga oshirish vazifasi belgilangan.
Shu munosabat bilan shu yilning 4- avgustidan boshlab, respublikamizning barcha tuman va shaharlarida 7 ming nafarga yaqin registrator xodimlar tomonidan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar ro‘yxatini shakllantirish hamda mahalla xaritalarini joyidagi haqiqiy holatga mosligini o‘rganish ishlari boshlandi.
Mazkur tadbirlar natijasida mahallalardagi raqamsiz uylar, nomsiz ko‘chalar, xaritaga kiritilmagan turar joylar, buzilgan uylar, yangi qurilayotgan turar joylar va aholi yashashi mumkin bo‘lgan noturar joylar aniqlanadi
va mahalla xaritalari yangilanadi. Bu esa aholini ro‘yxatga olishning tashkiliy rejasini ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Registratorlar joriy yil 31- avgustga qadar ish faoliyatini olib borishadi. Jarayonlarning borishi haqida muntazam ravishda axborot berib boriladi.
Ish jarayonidan fotolavhalar:
Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasi


Andijon viloyati statistika boshqarmasi


Buxoro viloyati statistika boshqarmasi


Jizzax viloyati statistika boshqarmasi


Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi


Navoiy viloyati statistika boshqarmasi


Namangan viloyati statistika boshqarmasi


Samarqand viloyati statistika boshqarmasi


Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi


Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi


Toshkent viloyati statistika boshqarmasi


Farg’ona viloyati statistika boshqarmasi


Xorazm viloyati statistika boshqarmasi


Toshkent shahar statistika boshqarmasi


Matbuot xizmati


