2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 7 692,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2021- yilning yanvar-iyun oylari ma’lumotlariga nisbatan 5,7 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,3 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 32,5 %), sanoatda 110,4 % (27,2 %), qurilishda 100,9 % (7,8 %) va xizmatlar sohasida 104,7 % (32,5 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 3,5 % ga o‘sdi va 8 713,7 ming so‘mni tashkil etdi.



