Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “O'zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga ko‘ra, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” bo‘yicha turli o‘quv-kurslari tashkil etish vazifasi belgilangan edi.
Mazkur qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi va uning huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan shartnoma asosida «Statistika asoslari» bo‘yicha malaka oshirish kursi 2021 yilning yanvar - aprel oylari davomida barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va markaziy muassasalar iqtisodchi xodimlari uchun, 2021 yilning may – dekabr oylarida esa Farg‘ona, Namangan, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun tashkil etildi.


Shuningdek, “Statistika asoslari” o‘quv kursini tashkil etish va o‘tkazish reja-jadvali”ga asosan shu yilning fevral – iyul oylarida Toshkent shahrida, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlarida shartnoma asosida sayyor o‘quv kurslari muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan «Statistika asoslari» fani bo‘yicha shartnoma asosida Buxoro viloyatining barcha bo‘g‘indagi hokimliklari va shahar tashkilotlari iqtisodchi xodimlari uchun shu yilning 25 – 27 avgust kunlari sayyor o‘quv kurslari tashkil etildi.


O’z navbatida, kurs ishtirokchilari institut professor - o‘qituvchilari tomonidan elektron shaklda tayyorlangan ma’ruza matnlari, taqdimot va tegishli tarqatma materiallari, shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladigan 2021 yil uchun hududlar ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining dastlabki yakunlari bo‘yicha tahliliy statistik ma’lumotlar bilan ta’minlandi.
Ishtirokchilarga o’quv kurslarini muvofaqqiyatli yankunlaganligi to’g’risida guvohnoma topshirildi.


