Joriy yilning 1-31-avgust kunlari Toshkent viloyatining Parkent hamda Samarqand viloyatining Jomboy tumanlarida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasini roʻyxatdan oʻtkazish tadbirlari oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlar Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 19- apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 197- son qaroriga asosan tashkil etildi.

Mazkur sinov jarayonlarida oʻquv tayyorgarligidan oʻtgan roʻyxatdan oʻtkazuvchilar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning joylashgan manziliga tashrif buyurgan holda respondentlar bilan ogʻzaki soʻrov oʻtkazib, ularning javoblari asosida maʻlumotlarni planshet qurilmalariga kiritildi.

Shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazuvchilar jarayonlarda aholiga qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbirining maqsad va vazifalari va ularni amalga oshirishni tartibga soluvchi asosiy normativ-huquqiy hujjatlar haqida batafsil maʻlumotlar berildi.

Sinov tariqasidagi roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni natijalari kelgusida oʻtkazilishi belgilangan qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha muhim qarorlar qabul qilinishiga asos boʻlib xizmat qiladi.
Matbuot xizmati


