2022- yilning yanvar-iyun yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,4 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 91,6 % ini tashkil etdi va 5,5 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 5,1 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 8,4 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-iyuni bilan taqqoslaganda 4,6 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,3 f.p.).

 Faoliyat turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymatning o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:

– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 2,7 %;

– sanoatda – 5,1 %;

– qurilishda – 6,2 %;

– xizmatlar sohasida – 7,3 %.

318042ee4ec695e99e9a69cffaa736c5