Joriy yilning 22- avgustidan boshlab Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida “Statistika asoslari” boʻyicha qayta tayyorlov oʻquv kursi tashkil etildi.

1-7j1a6802

Ushbu oʻquv kursida Davlat statistika qoʻmitasi markaziy apparati hamda hududiy statistika organlarining tayanch maʼlumoti statistika va iqtisodiyot sohasi boʻlmagan barcha toifadagi xodimlari taʼlim olishmoqda.

4-7j1a6847

Taʻkidlash lozimki, Prezidentimizning 2020- yil 3- avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaroriga koʻra, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarining bilim va koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida “Statistika asoslari” boʻyicha turli oʻquv-kurslari tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

3-7j1a6808

Mazkur qaror ijrosini taʻminlash maqsadida Davlat statistika qoʻmitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan oliy taʻlim muassasalari oʻqituvchi va talabalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi idoralari xodimlari uchun “Statistika asoslari” boʻyicha keng tushuncha berib kelmoqda.

2-7j1a6926

Mazkur oʻquv kurslarida tinglovchilarga makroiqtisodiy statistik koʻrsatkichlar tahlili, milliy statistikaning xalqaro statistikaga integratsiyasini amalga oshirish, statistik maʻlumotlarni shakllantirish borasida maʻlumotlar berilmoqda.

5-7j1a6809

Shuningdek, oʻquv kursi ishtirokchilariga maʻruza matnlari, taqdimot materiallari, ijtimoiy-iqtisodiy statistika boʻyicha tayyorlangan tahliliy statistik maʻlumotlar haqida batafsil tushuncha berilmoqda.6-7j1a6872

Matbuot xizmati