2022- yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 4175,9 mlrd.so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilib, 2021-yilning mos davriga nisbatan 23,2 %ga o‘sdi. Mazkur investitsiyalar tarkibida xorijiy investitsiya va kreditlar 1363,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, ulardan 409,5 mlrd.so‘mi O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlarni tashkil etgan bo‘lsa, 953,6 mlrd.so‘mi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlardan tashkil topdi.



