2022- yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 579,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 0,9 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 7,8 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 0,2 foiz punktga kamayganligi hamda 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,8 foiz punktga oshganligi kuzatildi.



