Joriy yilning 14–16- sentabr kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida Jahon Banki ekspertlari tomonidan “Uy xoʻjaliklari kuzatuvlarini mоdernizatsiya qilish va kambagʻallik darajasi mоnitoringi” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda Oʻzbekistondan ham ekspertlar ishtirok etishdi. Davlat statistika qoʻmitasidan Uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi Qarshiboyev Baxodir Kurbonboyevich qatnashdi.

Shuningdek, tadbirda mamlakatimizdan “Nazar Business and Technology” kоmpaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilayotgan uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari haqida alohida toʻxtalib, bu borada oʻzaro tajriba almashish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.


Yurtimiz vakillari 3 kun davomida Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutaxassislariga uy xoʻjaliklari kuzatuvlarini elektron qurilma (planshet)da qanday toʻldirish, elektron bazaga joʻnatish va KOBO dasturidan foydalanib, maʼlumotlar bazasini yigʻish, yigʻilgan maʼlumotlar bazasini STATA dasturiga ulash va boshqa kerakli maʼlumotlar jadvalini shakllantirish boʻyicha keng tushunchalar berishdi.
Matbuot xizmati


