2022-yil 22-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “O‘zbekistonda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirish, Open Data Inventory (ODIN) va boshqa xalqaro reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda ochiq ma’lumotlar sohasida taniqli ekspert Open Data Watch tashkiloti vakili Jemison Krouell, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori ofisi mutaxassislari, Davlat statistika qo‘mitasi va Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ishtirok etdi.


Tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- Open Data Inventory (ODIN), Global Data Barometer (GDB) va boshqa ochiq ma’lumotlar sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash;
- O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlar ekotizimining hozirgi holati;
- O‘zbekiston Respublikasida ochiq ma’lumotlarni yanada rivojlantirish istiqbollari va yo‘nalishlari;
- O‘zbekistonda “Ochiq ma’lumotlar siyosati” (Open Data Policy);
- O‘zbekiston Respublikasi ochiq ma’lumotlar portalida sun’iy intellekt asosida dasturiy ta’minotda foydalanish uchun raqamli ma’lumotlar platformasini yanada rivojlantirish [data.egov.uz.] ;
- BMT Statistika departamentining ma’lumotlar bazasi (Un data), Jahon rivojlanish indikatorlari, Jahon banki (WDI) va boshqa xalqaro tashkilotlar ma’lumotlar bazalarida O‘zbekiston Respublikasining yetishmayotgan ma’lumotlarini to‘ldirish;
- davlat organlari va tashkilotlari uchun o‘z rasmiy veb-saytida va O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirilishi majburiy bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarning namunaviy shakllari;
- ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlarni rasmiy veb-saytga va O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirishda ularni pasportlash tizimini joriy etish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.


Seminar so‘nggida soha mutaxassislari mavzu yuzasidan berilgan savollarga batafsil javob berishdi.
Matbuot xizmati


