2022- yilning 1- iyulning holatiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida mehnatga layoqatli yoshdan katta aholi soni 3972,2 ming kishini tashkil etib, jami aholi tarkibidagi ulushi 11,2 foizga teng boʻlgan. Hududlar boʻyicha mazkur koʻrsatkichning eng yuqori ulushi Toshkent shahrida 15,6 foizni tashkil etgan boʻlsa, eng kam ulush Surxondaryo viloyatida 9,0 foiz kuzatildi.



