2022-yil yanvar-iyun oylarida Qashqadaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning aksariyat qismi yangi qurilishga yo‘naltirilgan. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi – 2632,5 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 35,7 % ini tashkil etdi. Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar – 2517,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi va viloyatda jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 34,1 % ini tashkil etdi. Qolgan 30,2 %, yani – 2223,6 mlrd. so‘m boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.

istockphoto-1141156865-612x612-1