2022- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 1 393,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 5,9 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 9,0 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 0,2 foiz punktga hamda 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,7 foiz punktga oshganligi kuzatildi.



