2022-yil yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning aksariyat qismi yangi qurilishga yo‘naltirilgan. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi – 3 243,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 59,8 % ini tashkil etdi.

Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar – 1 529,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va viloyatda jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 28,2 % ini tashkil etdi. Qolgan 12,0 %, ya’ni – 648,8 mlrd.so‘m boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.

xhzmuba2zvr4eno_cut0bzqwapv88ijlsvlo