2022- yilning yanvar-iyun oylarida Surxondaryo viloyatida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibida turar-joy qurilishi yetakchilik qilmoqda.

Ushbu tarmoqda jami moliyalashtirish manbalari hisobidan – 976,1 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 18,0 % o‘zlashtirilgan. Qayta ishlash sanoati tarkibida eng ko‘p investitsiya o‘zlashtirilgan 2 faoliyat turi quyidagilar:

- oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish - 140,1 mlrd. so‘m (jami asosiy kapitalga investitsiyalardagi ulushi 2,6 %);

- to‘qimachilik mahsulotlari va kiyim kechak ishlab chiqarish – 500,6 mlrd. so‘m (9,2 %);

Tashish va saqlashda – 505,6 mlrd. so‘m yoki jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 9,3 % o‘zlashtirildi.

153927_470a5d07c24bac293cebd4a29cac