2022- yil yanvar-iyun oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 424,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 10,6 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 5,9 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 0,8 foiz punktga va 2018- yilning mos davriga nisbatan esa 2,8 foiz punktga o‘sdi.



