2022- yilning yanvar-iyun oylarida Xorazm viloyatida 1058,3 mlrd so‘m xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirilib (dollar ekvivalentida 96,5 mln AQSH dollari), o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 85,0 %ni tashkil qildi.

Xorijiy investitsiyalar va kreditlarning umumiy tarkibida xorijiy investitsiyalar 139,5 mlrd so‘mni tashkil etdi, shuningdek, 918,8 mlrd so‘m xorijiy kreditlarga to‘g‘ri keldi.

Joriy davrda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 91,0 mlrd so‘mni, O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar - 106,2 mlrd so‘mni, boshqa xorijiy investitsiya va kafolatlanmagan kreditlar – 812,6 mlrd so‘mni tashkil etdi.

gbrw-gzatlfesynk_a-zfxl3c5pm6zug