2022- yil 1- iyul holatiga, Jizzax viloyatining barcha toifadagi xo‘jaliklarida yirik shoxli qoramollarning umumiy bosh soni 916,3 ming boshni (2021- yil 1- iyul holatiga nisbatan 102,3 %), shundan sigirlar – 261,4 ming boshni (102,8 %), qo‘y va echkilar – 2 270,3 ming boshni (102,5 %), otlar – 29,4 ming boshni (107,9 %) hamda parrandalar – 3 702,2 ming boshni (116,9 %) tashkil etdi.



