Prezidentimiz tomonidan 2021- yil 3- dekabrda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi farmonlari qabul qilingan edi.

1-photo_2022-10-17_14-23-04

Ushbu farmonlar ijrosini taʼminlash maqsadida yurtimizdagi har bir mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchilari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

2

Davlat statistika qo‘mitasi tizimidan ham 145 nafar xodim mahalla fuqarolar yigʻinida hokim yordamchilari lavozimida ish olib borishayapti.

3-photo_2022-10-17_14-23-41

Ushbu mahallalarga biriktirilgan hokim yordamchilari fuqarolar bilan suhbatlashish, ularning muammolarini tinglab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, aholi bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, biznes loyiha va tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash orqali tadbirkorlikni rivojlantirish borasida mehnat qilmoqda.

4-photo_2022-10-17_14-23-47

Toshkent shahar Olmazor tumani “Chamanbog‘” MFY faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi Xudoyberdiyev Faxriddin Farxod o‘g‘li ham oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordam ko‘rsatish, ehtiyojmand oilalarga ko'mak berish yo‘lida harakat qilayapti.

5-photo_2022-10-17_14-24-31

Maʼlumot uchun, Chamanbog‘ mahalla fuqarolar yigʻinida 5245 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan “Temir daftari”da 5 nafar, “Ayollar daftari”da 106 nafar, “Yoshlar daftari”da 16 nafar fuqaro roʻyxatda turadi.

6-photo_2022-10-17_14-24-11

Hokim yordamchisi faoliyat boshlaganidan buyon 1198 ta xonadon toʻliq xatlovdan oʻtkazildi. Xatlov yakunlaridan kelib chiqib, 8 nafar fuqaroga 247 mln. soʻmlik kredit, 13 nafar kishiga 130 mln. soʻmlik subsidiya ajratildi.

Mahalla fuqarolar yigʻinida olib borilgan amaliy ishlar natijasida 15 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi, 396 nafar fuqarolar bandligi taʼminlandi.

Shuningdek, hokim yordamchisi mahalla aholisi bilan suhbat qilib, ularni tinglab, mavjud kamchiliklarni aniqlab, muammolarni bartaraf etish yo‘lida hamkor tashkilotlar bilan hamjihatlikda turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Matbuot xizmati