Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.

1989-yilning 21-oktabr kuni Vatanimizda davlat tilining huquqiy asoslarini belgilash bo‘yicha “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga – Davlat tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi.


Shuningdek, 2020-yilning 10-aprel kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O'zbek tili bayrami kunini belgilash to'g'risida”gi qonunni imzoladi. Qonunga asosan, 21-oktabr – O'zbek tili bayrami kuni etib belgilangan.


Bugun, 21-oktabr kuni poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida mazkur bayram munosabati bilan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Davlat statistika qo‘mitasining bir guruh xodimlari bayram munosabati bilan Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo’yishdi.

Shu o‘rinda, Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi nomidan barcha yurtdoshlarimizni O'zbek tili bayrami kuni bilan tabriklaymiz.

Matbuot xizmati


