Mamlakatimizda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, davlat va jamoat tashkilotlari xodimlarini shuningdek, barcha fuqarolarni sportning ommaviy turlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayni maqsadda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 14- yanvardagi “Shaxmatni yanada rivojlantirish vа ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4954-sonli qarori qabul qilingan. Qarorda nazarda tutilgan vazifalar ijrosini taminlash yuzasidan barcha tashkilotlar ishchi-xodimlari o‘rtasida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq qilishga qaratilgan turli sport musobaqalari tashkil etilmoqda.




Jumladan, shu yilning 24- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi va Kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Shaxmat kuni” tashkil etildi. Unda markaziy apparati boshqarmalari xodimlari qatnashdi.
Erkaklar o’rtasida o’tkazilgan shaxmat musobaqasida 1-o‘rinni Olimjon Siddiqov, 2-o‘rinni Zayniddin Egamshukurov hamda 3-o‘rinni Jur'at Mirsaidov egallashdi. Ayollar o'rtasida 1-o'rinni Marina Stadnikova, 2-o'rinni Nigora Axunjanova va 3-o'rinni Lola Karimova qo'lga kiritdi. G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.



Bunday tadbirlar, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk shaxslar jamiyatini barpo etishga xizmat qiladi. Shuningdek, qo`mita tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni sportning ommaviy turlariga keng jalb etish, o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.
Matbuot xizmati


