Joriy yilning 7- noyabr kuni Xorazm viloyati statistika boshqarmasida Davlat statistika qo‘mitasining hududiy boshqarmada kadrlar bilan ishlarning yo‘lga qo‘yilganligi va moliyaviy holatni o‘rganuvchi ishchi guruhi tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad - Davlat xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va ularning buzilishining oldini olish hamda Xorazm viloyati davlat xizmatchilarining yuksak kasbiy madaniyatni, jamoada sogʻlom maʼnaviy muhit va ishchan kayfiyatni shakllantirishdan iborat.

Yig‘ilishni Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Asfandiyor O‘tamuratov olib bordi.
Davlat statistika qo‘mitasining Kadrlar boshqarmasi boshlig‘i Zulxumor Talipova Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 14- oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-sonli qarori mazmun-mohiyati hamda mazkur qaror asosda tasdiqlangan “Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari” haqida ga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, qo‘mitaning Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshlig‘i Jamshid Shirinov tizimda xodimlarga ish haqi, shaxsiy ustama va mukofot pullari to‘lash tartibi, xizmat safari uchun to‘lovlar bo‘yicha amalga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish berdi.
Matbuot xizmati


