2020- yilning 1- iyun kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda statistika tizimini rivojlantirish, sohada mutaxassis-kadrlar salohiyatini oshirish yuzasidan alohida vazifalar berilgan edi.

1-7j1a8429

Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida memorandum imzolanib, universitetda “Statistika ilmiy-amaliy laboratoriyasi” ochilgan edi. Unda turli amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda.

2

Joriy yilning 9- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig’i Zoyir Yo‘ldoshev Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari uchun “O’zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari: shakllantirish tartibi va manbalari” mavzusida amaliy mahorat darsi o‘tkazdi.

3-7j1a8411

Bundan ko‘zlangan maqsad statistika organlari tomonidan shakllantiriladigan va eʼlon qilib boriladigan demografik koʻrsatkichlarni hisoblash tartibi va usullari boʻyicha talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish.

4-7j1a8401

Mahorat darsi davomida demografik koʻrsatkichlar haqida umumiy tushuncha va ularni hisoblash usullari, Oʻzbekistonda demografik koʻrsatkichlarni hisoblash tajribasi, demografik koʻrsatkichlarni hisoblash metodologiyasini takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlari, Oʻzbekistonning demografik koʻrsatkichlari tahlili yuzasidan muhokamalar oʻtkazildi.

5-7j1a8386

Bugungi kunda talabalar, magistrlar, ilmiy tadqiqotchilar, umuman olganda, oliy taʼlim muassasalari statistika organlari tomondan tayyorlanadigan statistika axborotlarining asosiy foydalanuvchilari hisoblanadi. Bu uchrashuv statistik axborotlarning foydalanuvchilar uchun tushunarli va shaffof boʻlishini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.

6-7j1a8438

Bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan mahorat darslari doimiy tarzda davom ettirilishi yo‘lga qo‘yilgan. Boisi, mazkur mahorat darslarida talabalar va ilmiy izlanuvchilar statistika sohasiga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishadi hamda statistik ko‘rsatkichlarning qanday shakllantirilishi borasida amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

7-7j1a83768-jhkomk

 Matbuot xizmati