Davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

7j1a9265

7

Ushbu grafik asosida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etib kelinmoqda.

2022- yilning 15- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videoseminar tashkil etildi.

7j1a9270

Videoseminarda Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish, korxona va tashkilotlar statistikasini o‘tkazish usullari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyatini o‘rgandi.

7j1a9274

Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sheraliyev Nurbek Abduxalilovich tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlari yuzasidan o‘z takliflarini berib o‘tdi.

7j1a9278

7j1a9286

Tadbirda qo‘mitaning Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalari xodimlari sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama va tahlil qilgan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

 Matbuot xizmati