Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlarning markaziy apparati xodimlari oʻrtasida futbol boʻyicha anʼanaviy “Hukumat kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

1-photo_2022-11-16_10-31-572-photo_2022-11-16_10-31-55

Ushbu musobaqada Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati xodimlaridan iborat jamoa ham ishtirok etdi.

3-photo_2022-11-16_10-31-494-photo_2022-11-16_10-38-10

Ta’kidlash lozimki, joriy yilgi musobaqada 60 dan ortiq jamoa nomi qayd etildi. O`zbekiston futbol assotsasiyasi mutaxassislari tomonidan o`tkazilgan qur`a tashlash marosimi shaffof, adolatli va sport prinsiplariga qat`iy amal qilingan holda bo‘lib o‘tdi.

5-photo_2022-11-16_10-38-326-photo_2022-11-16_10-38-25

Musobaqa nizomiga koʻra, oʻyinlar 25 daqiqadan ikki boʻlim davom etdi. O‘yinlar “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tdi.

7photo_2022-11-16_10-38-098-photo_2022-11-16_10-32-04

Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi dastlabki o‘yinda Favqulotta vaziyatlar vazirligi jamoasini 2-1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Matbuot xizmati