Joriy yilning 18-noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

1-7j1a02822-7j1a9048

Davlat statistika qo‘mitasi raisining Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich hamda  Yuridik bo`limi boshlig'i To'xtayev Vahob Oripovichlar 1991-yil 18-noyabrda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligi va ahamiyati, bayroq so‘zining kelib chiqishi va lug‘aviy ma’nosi, millatimiz tarixidagi bayroqlarning ko‘rinishi xususida so‘z yuritishdi.

3-7j1a03024-7j1a9055

Davlat statistika qo’mitasi jamoasi O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati  bilan barcha vatandoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.

5-7j1a90656-7j1a0286

Matbuot xizmati