2022- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida YAHM hajmi 12 812,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-sentabr oylari ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 4,5 % ga ko‘paydi. YAHMning o‘sishiga qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,5 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 38,4 %), sanoatda 110,5 % (24,9 %), va xizmatlar sohasida 106,0 % (29,6 %) kuzatilgan ijobiy o‘sish sur’atlari ta’sir qildi. 2021- yilning yanvar-sentabri bilan taqqoslaganda qurilish tarmog‘ida ishlab chiqarish hajmining solishtirma narxlarda kamayishi kuzatildi va 86,1 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YAHM tarkibidagi ulushi – 7,1 %). Aholi jon boshiga YAHM 14 470,7 ming so‘mni tashkil etdi va 2,4 % ga o‘sdi.

photo_2022-11-17_15-21-19