Joriy yilning 1- dekabr kuni Davlat statistika qo‘mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Farxod G‘aniyevning 2022- yilning 21–25- noyabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Kavkaz, Markaziy Osiyo va Mo‘g‘uliston uchun mintaqaviy salohiyatni rivojlantirish markazi tomonidan “Davlat moliyasi statistikasi va davlat sektori qarzi statistikasi” mavzusida o‘tkazilgan seminardagi ishtiroki natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.


Farxod G‘aniyev yig‘ilganlarni seminardan olingan bilimlar, Davlat moliyasi statistikasi va Davlat sektori qarzi statistikasining maqsadi va tarkibi, so‘nggi yangilanishi va o‘zgarishlari, integratsiya tizimi, xususiylashtirishdagi yondashuvi, hisoblar ketma-ketligi, moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar, zaxiralar va oqimlar kabi tushunchalar bilan tanishtirdi.


Shuningdek, taqdimot jarayonida Farxod G‘aniyev Davlat moliyasi statistikasi bo‘yicha qo‘llanma – 2014 hamda Davlat sektori qarzi statistikasi bo‘yicha qo‘llanmalardan foydalanish va ularni Milliy hisoblar – 2008 qo‘llanmasi bilan bog‘liqligi boʻyicha ma’lumotlar berdi.



