Joriy yilning 15- dekabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida Davlat statistika qo‘mitasining Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Muhtor Umarov hamda Iste’mol narxlari statistikasi bo‘limi boshlig‘i Shavkat Xaynazarov tomonidan 2023- yilda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari kuzatuvini tashkil etish va indekslarini hisoblash va ushbu jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.


Seminarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, narx statistika bo‘limi xodimlari hamda hududiy statistika bo‘limi narx kuzatuvlarini olib boruvchi registratorlar ishtirok etishdi.

Tadbirda iste’mol sektorida narxlarni ro‘yxatga olish, kuzatuv obyektlari tanlovi, ulardagi o‘rtacha narxlarni shakllantirish va kelgusida zamonaviy qurilmalaridan, ya’ni, planshetdan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.

Seminar davomida 2023- yilda tovar va xizmatlarning iste’mol narxlari kuzatuvini tashkil etish uchun ishlab chiqilgan hamda planshet qurilmasiga o‘rnatilgan dasturiy ta’minotning ishlash jarayoni, undagi qulaylik va kamchiliklar yuzasizdan registratorlardan tegishli takliflar olindi.


Shuningdek, mutaxassislar ishtirokida Namangan shahrida joylashgan uyushgan savdo majmualari bo‘yicha dislokatsion nuqtalarga chiqilib, savdo majmualardagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi kuzatdi va narxlarni planshetlarga kiritish bo‘yicha registratorlargategishli taklif va tavsiyalar berildi.
Matbuot xizmati


