2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Toshkent shahrida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 89,0 % ni, yoki 36495,6 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 115,2 % ni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 11,0 %, yoki 4566,3 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 44,0 % ni tashkil etdi.



