Davlat statistika qo‘mitasi uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2022- yilning yanvar-noyabr holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 77,9 %ni tashkil etadi.
Shundan:
- bir bolalilar 22,5 %;
- ikki bolalilar 26,2 %;
- uch bolalilar 20,1 %;
- to‘rt va undan ko‘p bolalilar 9,1 %.
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 22,1 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.



