2022- yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Surxondaryo viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 106,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning mos davriga nisbatan 5,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 8,5 % ga yetdi va o‘tgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda 0,1 foiz punktga kamayganligi hamda 2018- yilning mos davriga nisbatan 1,4 foiz punktga oshganligi kuzatildi.



