27/01/2023

Joriy yilning 27-yanvar kuni Xalqaro press klubda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament rolini oshirish: Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida koʻrsatuv tashkil etildi. Unda Oliy Majlis senati aʼzolari hamda yurtimizdagi turli vazirlik va idora vakillari ishtirok etdi.

screenshot_1screenshot_33

Koʻrsatuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligidan Ziyayev Zoxidjan Muratovich ham ishtirok etdi va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishishni monitoringini yuritishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi timonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

screenshot_444screenshot_555

Koʻrsatuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022- yil 21- fevraldagi “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 83-son  qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil maʻlumot berildi.

screenshot_666

Shuningdek, koʻrsatuvda barqaror rivojlanish maqsadlarining oʻz vaqtida ijrosini taʼminlash maqsadida, fuqarolar va davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar oʻrtasida muloqotni taʼminlash, bu borada parlament, hukumat va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va har bir shaxs manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan siyosatni amalga oshirish boʻyicha fikr-mulohaza almashildi.

screenshot_888

Oʻzbekiston Respublikasining barqaror rivojlansh sohasidagi Milliy maqsadlar va vazifalarning 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshirilishini nazorat qilish boʻyicha parlament komissiyasi tashkil etilgani taʼkidlandi.

screenshot_9999

Koʻrsatuv havolasi – https://youtu.be/PM-ea5cI6SQ

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech