2023- yilning 6- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik yordam missiyasining milliy hisoblar statistikasi bo‘yicha vakili Levan Gogoberishvili bilan uchrashuv o‘tkazildi.

1_7b5a0586

Uchrashuvda Statistika agentligi direktori Bahodir Abdusalomovich Begalov hamda Levan Gogoberishvili mazkur missiyaning vazifalari haqida fikr-mulohaza almashdi.

2_7j1a2325

Missiyaning asosiy maqsadi – diskret choraklik milliy hisoblar ko’rsatkichlari, yillik resurslar va ishlab chiqarish jadvallarini takomillashtirish hamda boshqa choraklik iqtisodiy statistika bilan bog’liq ko’rsatkichlarni tahlil qilishdan iborat.

3_7b5a0590

Missiyani o‘tkazish dasturiga muvofiq, tashrifning birinchi kunida Statistika agentligi mas'ul xodimlari O'zbekiston milliy hisoblari joriy amaliyotining umumiy sharhini o'tkazdilar.

4_7b5a05925_7b5a0607

Missiya ishi davom etmoqda.

 Matbuot xizmati