2023- yilning 21-yanvar – 4-fevral  kunlari Avstriyaning Vena shahrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi hamda Birlashgan Vena instituti tomonidan “Milliy hisoblar statistikasi” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

photo_2023-02-07_09-17-23--kopiya1ptsu4pts4np54np--kopiya

Ushbu seminarda Armaniston, Albaniya, Gruziya, Kosovo, Litva, Qozog‘iston, Qirgʻiz Respublikasi, Turkiya, Serbiya, Ukraina va O‘zbekistondan statistika idoralari vakillari ishtirok etishdi.

photo_2023-02-07_09-17-252kptsuptsukpkv

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Joriy hisoblar bo‘limi boshlig‘i Jahongir Mehmonov, Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Husniddin Mamatmuradov, Makroiqtisodiy indikatorlarni shakllantirish va tahlil etish bo‘limi bosh mutaxassisi Fazliddin Berdiyorov hamda Joriy hisoblar bo‘limi bosh mutaxassisi Davron Kushchiyev ishtirok etishdi.

photo_2023-02-07_09-17-243kptsukptsukp

Seminarning asosiy maqsadi ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida tajriba almashish, milliy hisoblar tizimi ko‘rsatkichlarini shakllantirish boʻyicha ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

photo_2023-02-07_09-17-26-2photo_2023-02-07_09-17-26

Tadbir davomida ishtirokchilar milliy hisoblar ko‘rsatkichlarini shakllantirishda kerak bo‘ladigan ma‘lumot manbalarini takomillashtirish usullari borasida o‘zaro fikr-mulohaza almashishdi.

Matbuot xizmati