2022- yil yakunlariga ko‘ra, Samarqand viloyatida YAHM hajmi 62 440,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi va bu esa 2021- yil ma’lumotlariga nisbatan 5,8 % ga ko‘pdir. Ushbu hududda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,6 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 40,5 %), sanoatda 109,0 % (16,0 %), qurilishda 110,1 % (6,1 %) va xizmatlar sohasida 106,3 % (37,4 %) o‘sish sur’atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YAHM 3,6 % ga ko‘paydi va 15 323,2 ming so‘mni tashkil etdi.



