Joriy ylining 17- fevral kuni Andijon mashinasozlik insitutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Andijon viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgalik ko‘rish va viloyatning demografik holati bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Andijon viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati, institutning professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Yusupov demografiya va mehnat statistikasi tushunchasining mazmun-mohiyati, statistik hisobotlarning shakllanishi, aholi soni va uning tarkibi, tugʼilganlar, vafot etganlar, tuzilgan nikohlar va nikohdan ajralganlar soni, aholining tabiiy oʼsishi boʼyicha batafsil tushunchalar berdi.
Shuningdek, respublikamizda aholini roʼyxatga olish tadbirini oʼtkazishning asosiy maqsad va vazifalari, bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari haqida ma'lumotlar berildi.
Talabalarning savollariga statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan batafsil javob berildi.
Matbuot xizmati


