Joriy yilning 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (FAO) boʻyicha vakili Georgiy Kvinikadze bilan uchrashuv tashkil etildi.

1-7b5a1496

Unda Statistika agentli Qishloq xo`jaligi va ekologiya statistikasi, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi, Sanoat statistikasi hamda Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

2-7b5a1510

Tadbirda Barqaror rivojlanish maqsadlari ko'rsatkichlarini amalga oshirish istiqbollari bo'yicha fikr-mulohaza almashildi.

3-7b5a1493

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari A’zam Ikromov Barqaror rivojlanish maqsadlari ko'rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

4-7b5a1508

Uchrashuv davomida Barqaror rivojlanish maqsadlari boʻyicha ilgʻor tajribalarga ega davlatlarning tajribalari haqida ham so‘z yuritildi.

5-7b5a1488

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.