2022- yil yakunlariga ko‘ra, Xorazm viloyatida YAHM hajmi 5,7 % ga o‘sdi va 31 963,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 103,3 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 46,0 %), sanoatda 115,1 % (14,4 %), qurilishda 102,1 % (6,9 %) va xizmatlar sohasida 105,4 % (32,7 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YAHM 3,9 % ga o‘sdi va 16 465,7 ming so‘mni tashkil etdi.



