Joriy yilning 1- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida gender statistikasini yuritish masalasida tadbir tashkil etildi. Unda Statistika agentligi xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishdi.

1-7j1a4914

Tadbirda dastlab, Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Zohidjon Ziyayev soʻnggi yillarda mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar hamda gender statistikasini yuritish yuzasidan ijobiy ishlar amalga oshirilayotganini alohida taʼkidlab oʻtdi.

photo_2023-03-02_18-48-24

2-7j1a4926

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida amalga oshrilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

3-7j1a4920

4-7j1a4950

Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021-yil 28-maydagi SQ-297-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilga qadar O’zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari”ni shakllantirish va taqdim etilishi holati bo‘yicha ham fikr-mulohaza almashishdi.

5-7j1a5021

6-7j1a4986

Shundan soʻng, gender statistikasi boʻyicha gender.stat.uz veb-sayti va unda joylashtirib borilayotgan maʼlumotlar borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi boshqarma boshligʻi Zoyir Yo‘ldoshev taqdimot qildi.

7-7j1a5040

Shuningdek, vazirlik va idoralar aʼzolari tomonidan gender statistikasiga oid ko’rsatkichlarni shakllantirish yuzasidan berilgan savollarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi mutaxassislari atroflicha javob berib oʻtishdi.

8-7j1a4968

Tadbir yakunida gender statistikasi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish, shakllantirish va uni foydalanuvchilarga eʼlon qilish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan hamkorlikda ishlarni amalga oshirish bo’yicha kelishildi.

Matbuot xizmati