Joriy yilning 3- mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Toshkent moliya instituti hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.

1_7j1a5150

Mazkur tadbirda Statistika agentligi markaziy apparati vakillari, Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar  ishtirok etdi.

2_7j1a5138

Davra suhbatida “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi yangi qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati, amaliyotga joriy etilayotgan o‘zgarish va tushunchalar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

3_7j1a5185

O‘zbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika to‘g‘risida”gi qonuni milliy statistika tizimi faoliyatini tartibga solish barobarida,  rasmiy statistikaning ochiqligi va shaffofligini ta'minlash borasidagi islohotlarning natijadorligiga erishish, foydalanuvchilarning ishonchli, sifatli va dolzarb rasmiy statistik ma'lumotlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va shak-shubhasiz mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.

4

Statistika agentligi oʻz faoliyatini “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonun va unga muvofiq ishlab chiqiladigan statistika dasturlari asosida tashkil etadi. Rasmiy statistika sohasida statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, statistika maʼlumotlarini shakllantirish va tarqatish har yili milliy va xorijiy foydalanuvchilarning statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi.

5_7j1a5127

Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga qo‘mita mutaxassislaridan atroflicha javob olishdi.

6_7j1a51437_7j1a5145

Davra suhbati yakunida, agentlik faoliyatiga oid “Davlat statistika qo‘mitasining prospekti” hamda statistik to‘plamlar sovg’a qilindi.

8_7j1a5218

Tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va shu kabi uchrashuvlarni muntazam o‘tkazishga kelishib oldi.

9_215826

Matbuot xizmati