Joriy yilning 7-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida Ma'naviyat va ma'rifat kengashi va Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.


Statistika agentli direktori Begalov Bahodir Abdusalomovich dilbar opa-singillarni 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida davlatimiz tomonidan yuksak e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.


8-mart bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Statistika agentli Kadrlar boshqarmasi boshligʻi, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkiloti raisi Zulxumor Talipova ham xotin-qizlarni bayram bilan qutladi. U bugungi kunda agentlikda ayol xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli va mehnat sharoitlarini yaxshilash, genter tenglik boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, xotin-qizlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan turli koʻrik-tanlov va bellashuvlar haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.


Shundan so‘ng, aziz ayollar uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Kuy-qo‘shiqlar va o‘zgacha bayram dasturxoni opa-singillarimiz kayfiyatini yanada ko‘tardi.


Go‘zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo‘lsin!


Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin aziz ayollar, qadrli opa-singillar!



Samimiy va cheksiz hurmat ila,
Statistika agentligi jamoasi


