“International Open Data Day” doirasida Statistika agentligi xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va ekspertlar ishtirokida mamlakatimizda ochiq ma’lumotlarni ommalashtirish hamda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishga bag‘ishlangan “Open Data Day Tashkent - 2023” mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

1-7b5a2304-

Open Data Day – xalqaro ochiq ma’lumotlar kuni (International Open Data Day) tashabbusining bir qismi bo‘lib, u davlat organlari, biznes, notijorat tashkilotlari va jamoat hayotining boshqa ishtirokchilari faoliyatida ochiq ma’lumotlar konsepsiyasi va axborot oshkoraligini amalga oshirishga yordam beradi.

2-7b5a2294-

Ochiq ma’lumotlar kuni munosabati bilan butun dunyoda uchrashuvlar, ma’ruzalar va hakatonlar o’tkazilmoqda. 2015- yildan beri Open Knowledge Foundation ochiq ma’lumotlar dunyosidagi boshqa notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda jahon miqyosidagi voqealarni qo‘llab-quvvatlash uchun mini-grantlar taqdim etadi.

3-7b5a2299-

Tadbir doirasida ochiq ma’lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari "Open Data Day - 2023" tadbiriga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazdilar.

4-7b5a2313-

Tadbirlarda:

  • Open Data Inventory (ODIN), Global Data Barometer (GDB) va boshqa ochiq maʼlumotlar sohasidagi xalqaro reyting va indekslarda Oʻzbekiston Respublikasining oʻrnini yaxshilash;
  • Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlar ekotizimining hozirgi holati; Oʻzbekiston Respublikasida ochiq maʼlumotlarni yanada rivojlantirish istiqbollari va yoʻnalishlari; Oʻzbekistonda “Ochiq maʼlumotlar siyosati” (Open Data Policy);
  • Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq maʼlumotlar portalida sunʼiy intellekt asosida dasturiy taʼminotda foydalanish uchun raqamli maʼlumotlar platformasini yanada rivojlantirish (data.egov.uz);
  • Xalqaro transport forumi (Key Transport Statistics, International Transport Forum) va boshqa xalqaro tashkilotlar maʼlumotlar bazalarida Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha yetishmayotgan maʼlumotlarini toʻldirish kabi masalalar muhokama qilindi.

5-7b5a2311-6-7b5a2285-